17.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4
Abstract. Ushbu maqolada Tojikiston Respublikasida sud tizimini raqamlashtirish va “elektron sud” (e-court) konsepsiyasini joriy etish tajribasi kompleks tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Tojikistonning ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazasi, xususan, iqtisodiy protsessual qonunchilikdagi o‘zgarishlar, Yagona elektron hujjat aylanish tizimi va videokonferensaloqa imkoniyatlari o‘rganilgan. Maqolada elektron sud tizimini joriy etishda yuzaga kelayotgan texnik, huquqiy va ijtimoiy muammolar aniqlanib, Tojikiston tajribasining ijobiy jihatlarini O‘zbekiston sud-huquq tizimiga tadbiq etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Keywords: Elektron sud, raqamlashtirish, videokonferensaloqa, elektron hujjat aylanishi, elektron dalil, sud hokimiyati, O‘zbekiston, Tojikiston, protsessual islohotlar, raqamli savodxonlik.