SUN’IY INTELLEKT TIZIMLARIDA QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASHNING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI

15.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4

Abstract. Mazkur tadqiqot sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari jadal rivojlanayotgan davrda qonun ustuvorligi prinsipini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasi va raqamli dalillarga oid so‘nggi qonunchilik normalari xalqaro standartlar, xususan, Yevropa Ittifoqining "AI Act" reglamenti bilan qiyosiy o‘rganilgan. Tadqiqot yakunida SI tizimlari ustidan mustaqil huquqiy audit va "kibermutaxassis" institutsional modelini joriy etish bo‘yicha ilmiy takliflar ilgari surilgan. Ushbu xulosalar SI tizimlarini davlat boshqaruvi va huquqni muhofaza qilish sohasiga qonuniy integratsiya qilishda metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Keywords: Sun’iy intellekt, qonun ustuvorligi, tashkiliy-huquqiy asoslar, raqamli dalillar, inson nazorati, algoritmik shaffoflik, Human-in-the-loop, tushuntiriladigan SI.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor