10.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4
Abstract. Ushbu maqolada zamonaviy voleybolga xos himoya harakatlarini modellashtirilgan tartibda shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda voleybolchilarni tayyorlash jarayonida himoya texnikasi va taktikasini samarali o‘rgatish uchun modellashtirish usullaridan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Xususan, o‘yin vaziyatlarini sun’iy ravishda yaratish, blok qo‘yish, qabul qilish, sug‘urib olish va joylashuv harakatlarini tizimli mashqlar orqali rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, modellashtirilgan mashg‘ulotlar sportchilarning tezkor qaror qabul qilish, koordinatsiya, reaksion tezlik hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari modellashtirish asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar himoya samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
Keywords: yosh voleybolchilar, kuch, ximoya, ixtisoslashtirilgan mashqlar, texnik-taktik usul, musobaqa metodi.