30.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3
Abstract. Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida raqamli marketing samaradorligini baholashning metodologik yondashuvlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida raqobat muhitining kuchayishi, oliy ta’lim tashkilotlari sonining ortishi va raqamli transformatsiya jarayonlarining chuqurlashuvi sharoitida marketing faoliyatini aniq ko‘rsatkichlar asosida baholash zarurati asoslab beriladi. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, kontent tahlili, guruhlash, indikatorli baholash va kontseptual modellashtirish usullaridan foydalanildi. Natijada oliy ta’lim muassasalari uchun raqamli marketing samaradorligini baholovchi to‘rt blokli metodik tizim taklif qilindi: ko‘rinuvchanlik, jalb etish, konversiya va reputatsion barqarorlik. Maqolada O‘zbekiston va xorijiy tajriba asosida ushbu ko‘rsatkichlarning amaliy mazmuni ochib berildi hamda ularni universitet boshqaruv tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Keywords: oliy ta’lim, raqamli marketing, metodologiya, marketing samaradorligi, KPI, veb-sayt analitikasi, ijtimoiy media, konversiya, universitet brendi, ta’lim xizmatlari bozori.