YEVROPA VA ROSSIYA ISHLAB CHIQARUVCHILARINING YOG‘OCH ASOSLI PLITALARI HAMDA LAMINATLARINING FIZIK-MEXANIK XOSSALARINI QIYOSIY BAHOLASH

30.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3

Abstract. Mazkur maqolada Yevropa va Rossiya ishlab chiqaruvchilariga mansub yog‘och qirindisi (DSP), yog‘och tolali (MDF) hamda ularning laminatlangan turlari (LDSP, L-MDF) ning fizik-mexanik xossalari eksperimental tadqiq etildi. Tadqiqotlar O‘zDSt 3478-2020, GOST 10632-2014 va GOST 32289-2013 standartlari asosida laboratoriya sharoitida amalga oshirildi. Sinov natijalariga ko‘ra, Yevropa ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari yuqori zichlik (715–830 kg/m³) va egilishdagi mustahkamlik (15,3–30,8 MPa) ko‘rsatkichlariga ega ekanligi aniqlandi. Shuningdek, laminatlash texnologiyasi materiallarning mustahkamligini oshirishi va suv ta’sirida shishish darajasini kamaytirishi tajriba asosida tasdiqlandi. Barcha namunalar normativ talablarga javob bergan bo‘lsa-da, Rossiya va boshqa ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarida ayrim ko‘rsatkichlar pastroq qiymatlarni namoyon etdi. Tadqiqot natijalari yog‘och asosli plitalarning sifat ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish texnologiyasi va xomashyo xususiyatlariga bog‘liqligini ko‘rsatadi hamda ularni takomillashtirish uchun ilmiy asos yaratadi.

Keywords: DSP, MDF, HDF, LDSP, laminat, fizik-mexanik xossalar, zichlik, mustahkamlik, GOST, O‘zDSt


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor