19.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3
Abstract. Mazkur ilmiy maqolada ta‘lim-tarbiya va pedagogik fikrlar qadimgi davrdan VII asrgacha bo‘lgan davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyasining rivojlanishini zamon talabi asosida o‘rganib kelingani keng tahlil etilgan.Maqolada har bir ijtimoiy tizim, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqligi yoritib berilgan. Shuningdek, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borganligi, dastlabki diniy e‘tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo‘lganligi ochib berilgan. Bu jarayon minglab yillarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etganligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Keywords: Ta‘lim-tarbiya, pedagogik fikrlar, maktab, meros, ma’naviy ruh, asarlar, tarix, ma’naviy ruh, asar, avlod.