06.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3
Abstract. Ushbu matnda sil kasalligini qo‘zg‘atuvchi Mycobacterium tuberculosis majmuasining o‘ziga xos mikrobiologik xususiyatlari, jumladan, uning kislotaga chidamliligi, sekin o‘sishi va tashqi muhitga bardoshliligi tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy tibbiyotda silni erta aniqlashning eng samarali usullari — molekulyar-genetik testlar (GeneXpert), suyuq muhitlarda ekish (MGIT) va immunologik tashxis usullari (IGRA) haqida ma’lumot berilgan. Mazkur usullarning an’anaviy mikroskopiyaga nisbatan afzalliklari va dori vositalariga chidamlilikni aniqlashdagi o‘rni yoritilgan.
Keywords: Mycobacterium tuberculosis, mikrobiologiya, GeneXpert, diagnostika, dori chidamliligi, batsilloskopiya, ekish usuli.