16.02.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 2
Abstract. Ushbu maqola raqamli bank xizmatlari va fintech-larning zamonaviy bank tizimidagi rolini ilmiy tahlil qiladi. Maqola bank sektorida raqamlashtirish jarayoni, fintech yechimlarining joriy etilishi, ularning samaradorlik, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’siri hamda banklar va texnologik kompaniyalar o‘rtasidagi integratsiyaning rivojlanish tendensiyalari yoritilgan. Natijalar raqamli bank xizmatlari va fintech integratsiyasi banklar resurslarini optimallashtirish, mijozlar bazasini kengaytirish va moliyaviy inklyuziyani oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Keywords: raqamli bank, fintech, raqamli transformatsiya, mobil banking, moliyaviy inklyuziya, innovatsiya, bank xizmatlari.