16.02.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 2
Abstract. Mazkur maqolada erkin fuqarolik jamiyatida shaxsning huquq va erkinliklari mazmuni, ularning konstitutsiyaviy asoslari, xalqaro huquq normalari bilan uyg‘unligi hamda demokratik jamiyat barqarorligidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, huquq va erkinliklarning kafolatlanishi, davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro mas’uliyat, fuqarolik jamiyati institutlarining ro‘li hamda huquqiy madaniyatning ahamiyati ochib beriladi. Maqolada inson huquqlarining tabiiy-huquqiy mohiyati va zamonaviy konstitutsionizm sharoitidagi rivojlanish tendensiyalari ham yoritilgan.
Keywords: Fuqarolik jamiyati, inson huquqlari, erkinlik, konstitutsiya, huquqiy davlat, demokratik tamoyillar, huquqiy kafolat, shaxs daxlsizligi, siyosiy huquqlar, ijtimoiy himoya.