O‘ZBEKISTONDA KICHIK VA O‘RTA BIZNESNI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLASH TIZIMINING AMAL QILISHI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

06.02.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 2

Abstract. Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimining amaldagi holati va uning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida tijorat banklari, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda xalqaro moliya institutlari tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy resurslarning kichik va o‘rta biznes sub’yektlari faoliyatiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, kreditlash mexanizmlaridagi mavjud muammolar, jumladan, moliyaviy resurslarga kirish imkoniyatining cheklanganligi, foiz stavkalarining nisbatan yuqoriligi va garov ta’minoti bilan bog‘liq muammolar aniqlangan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, raqamli moliyaviy texnologiyalarni joriy etish hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha amaliy taklif va xulosalar ishlab chiqilgan.

Keywords: kichik va o‘rta biznes, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, tijorat banklari, kreditlash mexanizmlari, davlat dasturlari, subsidiyalar, moliyaviy infratuzilma, tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy o‘sish, raqamli moliya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor