23.01.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 1
Abstract. Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida jadid adiblari ijodini STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) yondashuvi asosida o‘qitishning metodik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda fanlararo integratsiya, loyiha va muammoga asoslangan ta’lim hamda amaliy hamkorlik faoliyati orqali o‘quvchilarning ijodiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari ochib beriladi. Tajriba-sinov natijalari STEAM yondashuvining jadid adabiyotini o‘qitishda samarali metodik vosita ekanini tasdiqlaydi.
Keywords: jadid adiblari, STEAM yondashuvi, innovatsion ta’lim, adabiyot o‘qitish metodikasi, ijodiy fikrlash.