23.01.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 1
Abstract. Sun’iy intellekt bugungi kunda ko‘pincha zamonaviy texnologik inqilobning mahsuli sifatida talqin qilinadi. Biroq ushbu hodisani faqat kompyuter texnologiyalari va algoritmik tizimlar bilan bog‘lash masalaning falsafiy chuqurligini cheklab qo‘yadi. Aslida, inson aqlini tushunish, uni modellashtirish va tashqi vositalar yordamida qayta yaratishga bo‘lgan intilish inson tafakkurining eng qadimgi bosqichlaridayoq paydo bo‘lgan. Shu bois sun’iy intellekt g‘oyasini tarixiy-falsafiy kontekstdan uzib talqin qilish mumkin emas. Mazkur maqolada sun’iy intellekt konsepsiyasining shakllanishi qadimgi mifologik tasavvurlardan boshlab, klassik yunon falsafasi, islom mutafakkirlari va yangi davr ratsionalistik an’analari doirasida izchil tahlil qilinadi.
Keywords: texnogen sivilizatsiya, texnogen sivilizatsiya globallashuvi, insonparvarlik, yangi gumanizm, texnogen sivilizatsiya paradigmalari, insonparvarlik qadriyati, texnologik determinizm, aniqlovchi omil, sivilizatsiya globallashuvi, samarali globallashuv, anomaliya globallashuvi.