ORGANIK O‘G‘ITLAR QO‘LLANILGAN HOLDA MALINA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASINING AGROEKOLOGIK MOSLASHUVCHANLIGI

29.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12

Abstract. Ushbu maqola organik o‘g‘itlar qo‘llanilgan holda malina yetishtirish texnologiyasining moslashuvchanligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot jarayonida organik o‘g‘itlarning tuproq sifatiga, o‘simliklarning vegetativ va generativ rivojlanishiga, hosildorlik va meva sifatiga ta’siri tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, organik o‘g‘itlar malina o‘simliklarini turli agroekologik sharoitlarga moslashuvchanligini oshiradi, hosildorlikni barqaror darajada ushlab turadi va ekologik jihatdan toza mahsulot hosil qiladi. Shu bilan birga, organik oziqlantirish tuproq mikroflorasini faollashtiradi va o‘simliklarning kasalliklarga chidamliligini oshiradi. Tadqiqot natijalari malina yetishtirish texnologiyalarini ekologik barqaror va samarali qilish bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Keywords: Malina, organik o‘g‘itlar, hosildorlik, meva sifati, agroekologik moslashuvchanlik, tuproq unumdorligi, ekologik barqarorlik.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor