26.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun qulay muhit yaratish masalasi keng yoritilgan. O‘zbekistonda nogironlarning huquqlarini himoya qilish, ularni bandlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash va raqamli xizmatlarga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar tahlil qilingan. Xususan, PF-5270-sonli Farmon va PQ-57-sonli Qaror asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, O‘zbekistonning “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya”ni ratifikatsiya qilgani alohida ta’kidlangan. Maqolada shuningdek, nogiron shaxslarning mehnat bozoridagi ishtiroki, ish haqi darajasi, ijtimoiy nafaqalardagi o‘zgarishlar va xalqaro tajriba (Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Kanada kabi davlatlar bilan solishtirish) haqida ma’lumotlar keltirilgan. O‘zbekistonning zamonaviy tizimlar orqali nogironlarga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha strategik vazifalari ham aks ettirilgan.
Keywords: Nogironligi bor bo’lgan shaxslarni qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya, inklyuzivlik, nogironlik nafaqasi, infratuzilma.