ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARI

13.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12

Abstract. Ushbu maqolada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi iqtisodiy mexanizmlar tahlil qilingan. Ishlab chiqarish samaradorligi – bu korxonaning mavjud resurslardan eng oqilona tarzda foydalanib, yuqori natijalarga erishish qobiliyati sifatida izohlanadi. Tadqiqot davomida samaradorlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar, jumladan mehnat unumdorligi, texnologik yangilanishlar, investitsiya salohiyati, raqobat muhiti va resurslar sifati keng ko‘lamda o‘rganilgan. Maqolada fiskal va monetar siyosat, soliq va subsidiya tizimi, shuningdek, investitsiya hamda innovatsiyalarni rivojlantirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil etiladi. Shuningdek innovatsiyalarni ragʻbatlantirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, malaka oshirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va raqobatni kuchaytirish kabi yoʻnalishlarning amaliy ahamiyatiga urgʻu berilgan. Tadqiqot natijalari ishlab chiqarish jaroyinini takomillashtirish, resurslardan samarali foydalanish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Keywords: Ishlab chiqarish samaradorligi, resurslar, investitsiya, bozor, raqobat, texnologiya, biznes, korxona.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor