13.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida investision-qurilish jarayonining samaradorligi muhim o‘rin tutadi. Jahon amaliyotida mazkur jarayonni tashkil etishda developerlik xizmatlaridan foydalanish ijobiy natija bermoqda. Maqolada O‘zbekiston sharoitida developerlik faoliyatini rivojlantirish zaruriyati, uning tashkiliy-iqtisodiy afzalliklari, an’anaviy modeldan farqli jihatlari hamda uni milliy qurilish tizimiga moslashtirish yo‘nalishlari yoritilgan. Shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinib, O‘zbekiston iqtisodiyotiga mos holda developerlik faoliyatini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari asoslab berilgan.
Keywords: investisiya, qurilish, ko‘chmas mulk bozori, investor, buyurtmachi, pudratchi, developer, model.