13.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Mazkur maqolada mintaqaviy iqtisodiyotning mohiyati, uni rivojlantirish omillari, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlar hamda iqtisodiy o‘sishning hududiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Mintaqaviy siyosatning asosiy maqsadi hududlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish, resurslardan samarali foydalanish va aholining turmush darajasini yaxshilashdan iborat. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasi asosida mintaqaviy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, innovatsion klasterlar yaratish va raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yoritilgan.
Keywords: mintaqaviy iqtisodiyot, hududiy rivojlanish, investitsiya, infratuzilma, iqtisodiy siyosat, bandlik, raqamli iqtisodiyot, klaster, innovatsiya.