13.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12
Abstract. Ushbu maqolada mintaqaviy infratuzilmani modernizatsiya qilishning iqtisodiy mohiyati, uning samaradorlik ko‘rsatkichlari, O‘zbekiston mintaqalarida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilingan. Zamonaviy mintaqaviy iqtisodiyotning eng dolzarb muammolari kompleks tahlil qilinib,ularning samarali yechim yoʻllari taklif etilgan. Maqolada mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari sifatida mintaqaviy ixtisoslashtirish, raqamlashtirish, barqaror turizm va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash masalalari yoritilgan. Shuningdek, infratuzilma modernizatsiyasining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.
Keywords: mintaqaviy infratuzilma, modernizatsiya, iqtisodiy samaradorlik, investitsiya, innovatsiya, barqaror rivojlanish, raqamli infratuzilma, barqaror turizm, maxsus iqtisodiy zonalar.