SOLIQ TO‘LOVCHILAR FAOLIYATINI SEGMENTLARGA AJRATISH ASOSIDA SOLIQ XAVFLARINI ANIQLASH VA BAHOLASHNING AMALIY USULI

13.12.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 12

Abstract. Ushbu maqolada soliq to‘lovchilar faoliyatini segmentatsiya qilish masalalari hamda soliq risklarini aniqlash va boshqarishga oid turli nazariy yondashuvlar tahlil qilinadi. Unda har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy faoliyati ma’lum darajada xavflilik omillarini o‘zida mujassam etishi ta’kidlanadi va ushbu xavflarning salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida tavakkalchiliklarni boshqarishning samarali tizimini shakllantirish zarurligi asoslanadi. Maqolada, shuningdek, soliq xavflarining mohiyati, ularning kelib chiqish omillari va mexanizmlari chuqur tahlil qilinadi, ularni boshqarish, kamaytirish hamda bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Amaldagi soliq xavfini boshqarish tizimining yetarli darajada rivojlanmaganligi ushbu yo‘nalishda tizimni takomillashtirish va malakali mutaxassislar tayyorlash zaruratini ko‘rsatib bermoqda. Bundan tashqari, maqolada soliq xavfini samarali boshqarish vositasi sifatida soliq to‘lovchilar faoliyatini segmentatsiya qilish jarayonining asosiy bosqichlari va u bilan bog‘liq muammolar tahlil etiladi.

Keywords: soliq risklari; soliq xavfini baholash; soliq munosabatlari; soliq siyosati; soliq to'lovchilarni segmentlash.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor