29.11.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 11
Abstract. Ushbu maqolada jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari institutining mazmuni, huquqiy asoslari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Jinoyat sodir etgan shaxsning ruhiy holati yoki tibbiy bog‘liqligidan kelib chiqib qo‘llaniladigan majburiy davolash choralari sud tomonidan tayinlanishi, ularning turlari, qo‘llanish shartlari va jamiyat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, amaliy misollar va tibbiy ekspertizaning ahamiyati yoritilib, ushbu choralarning jinoyatning takrorlanishini oldini olishdagi roli ko‘rsatib berilgan.
Keywords: majburiy davolash, tibbiy yo‘sindagi choralar, ruhiy holat, sud qarori, jinoyat qonunchiligi, tibbiy ekspertiza, jamoat xavfsizligi, reabilitatsiya, profilaktika, psixiatriya.