28.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10
Abstract. Ushbu maqolada paxta (Gossypium hirsutum L.) yetishtirishda zararkunandalar turlarining paxta hosildorligiga ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqotlar 2023–2024-yillarda Toshkent viloyatining paxta maydonlarida olib borildi. Amerika paxta tunlami (Helicoverpa armigera), paxta tripsi (Thrips tabaci), o‘rgimchakkanasi (Tetranychus urticae) va shira (Aphis gossypii) asosiy zararkunandalar sifatida qayd etildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, zararkunandalar populyatsiyasi yuqori bo‘lgan yillarda hosilning 18–27 foizgacha kamayishi kuzatildi. Maqolada paxta zararkunandalariga qarshi kurashda biologik va agrotexnik choralarning samaradorligi muhokama qilinadi.
Keywords: paxta, zararkunandalar, Helicoverpa armigera, hosil, tahlil.