27.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10
Abstract. Mazkur maqolada o‘zbek xalqining atoqli shoira va jamoat arbobi Zulfiya Isroilovaning ijodiy merosi o‘zbek ma’naviy uyg‘onish jarayonidagi o‘rni nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Shoiraning asarlarida insonparvarlik, ayollik, sadoqat, Vatanga muhabbat va ruhiy poklik g‘oyalari uyg‘unlashgan bo‘lib, ular milliy o‘zlikni anglash, ma’naviyatni tiklash hamda yangi davr tafakkurining shakllanishida muhim o‘rin tutgan. Zulfiya ijodi o‘zbek xalqining ruhiy uyg‘onish tarixida alohida bosqichni tashkil etadi. Shoiraning badiiy qarashlari millat ongi, ayolning ijtimoiy mavqeini va insoniy qadriyatlarni yuksaltirishga qaratilgan. Maqolada Zulfiya merosining zamonaviy O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi o‘rni, uning yoshlar ongiga ta’siri hamda jamiyatning axloqiy-estetik shakllanishidagi roli yoritiladi. Zulfiya so‘zi bugun ham xalq ruhiga ozuqa bermoqda. Uning asarlari o‘zbek adabiyotining ma’naviy tayanchi, ayollik oriyati va milliy iftixorning timsoli sifatida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shoira ijodi bugungi kunda ham yoshlarni ezgulikka, Vatanga muhabbat va halollikka undovchi ma’naviy yo‘l-yo‘riq vazifasini bajarmoqda.
Keywords: Zulfiya Isroilova, ma’naviy uyg‘onish, o‘zbek adabiyoti, ayol obrazining badiiy talqini, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, insonparvarlik, badiiy tafakkur, ruhiy poklik, milliy o‘zlikni anglash, estetik meros, ma’naviy yangilanish.