22.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10
Abstract. Mazkur maqolada pedagogik menejmentda innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari yoritilgan. Ta’lim tizimida boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish, raqamli platformalardan foydalanish, sun’iy intellekt va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘qituvchi va rahbar kadrlarning innovatsion kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalar o‘rganilgan. Maqolada pedagogik menejmentni modernizatsiya qilish orqali ta’lim sifati, samaradorligi va raqobatbardoshligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Keywords: pedagogik menejment, innovatsion texnologiyalar, raqamli ta’lim, boshqaruv samaradorligi, sun’iy intellekt, axborot tizimi, ta’lim sifati.