04.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10
Abstract. Maqolada loyihalarni moliyalashtirish jarayonida xalqaro kredit liniyalarining o‘rni va ularning samarali foydalanish mexanizmlari tahlil qilingan. Xalqaro moliya institutlari – Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa donor tashkilotlar tomonidan ajratilayotgan moliyaviy resurslarning iqtisodiyotdagi strategik loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, xalqaro kredit liniyalaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolar – tashqi qarzdorlikning ortishi, loyihalarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini to‘liq hisobga olmaslik va monitoring mexanizmlarining yetarli darajada takomillashmaganligi muhokama etilgan. Maqolada qiyosiy tahlil asosida xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganilib, O‘zbekiston sharoitida xalqaro kredit liniyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun institutsional islohotlar, risk-menejment tizimlarini kuchaytirish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida moliyalashtirish mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Keywords: Xalqaro kredit liniyalari, loyihalarni moliyalashtirish, xalqaro moliya institutlari, tashqi qarzdorlik, bank tizimi, investitsion loyihalar, samaradorlik, risk-menejment, davlat-xususiy sheriklik (PPP), iqtisodiy rivojlanish.