02.10.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 10
Abstract. Dukkakdoshlar oilasi (Fabaceae yoki Leguminosae) dunyodagi eng yirik oila hisoblanadi va insoniyat hayotida oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika hamda ekologik muhitni yaxshilashda katta rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada dukkakdoshlarning dorivor ahamiyati, kimyoviy tarkibidagi bioaktiv moddalar va ularning farmakologik qo‘llanilishi yoritilgan. Tadqiqot davomida xalq tabobatida va zamonaviy ilmda qo‘llaniladigan asosiy dukkakdosh dorivor o‘simliklar haqida ilmiy manbalarga tayangan holda tahlil berildi. Natijalar dukkakdoshlarning biologik faol moddalar manbai sifatida keng imkoniyatlarga ega ekanini ko‘rsatadi.
Keywords: Dukkakdoshlar, dorivor o‘simliklar, flavonoidlar, fitoestrogenlar, farmatsevtika, xalq tabobati.