TIJORAT BANKLARI KREDITLARINING AHOLI BANDLIGIGA VA IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRI

24.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9

Abstract. Mazkur ilmiy maqolada tijorat banklari kreditlarining aholi bandligiga va mamlakat iqtisodiy o‘sishiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilingan. Kreditlash jarayonida ishlab chiqarish korxonalarini moliyalashtirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda uy xo‘jaliklari uchun yaratilgan moliyaviy imkoniyatlarning mehnat bozoriga va yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Shuningdek, bank kreditlarining investitsiya faolligini oshirishdagi, yangi ish o‘rinlari yaratishdagi va soliq tushumlarini ko‘paytirishdagi multiplikativ effekti nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgan. Xalqaro tajribalar bilan bir qatorda O‘zbekiston tajribasi ham tahlil etilib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kreditlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha xulosalar keltirilgan.

Keywords: Tijorat banklari, kredit, aholi bandligi, iqtisodiy o‘sish, kichik biznes, mikromoliya, investitsiya, moliyaviy barqarorlik, raqamli bank xizmatlari, soliq tushumlari, innovatsiya, multiplikativ effekt.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor