20.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9
Abstract. Maqolada soliq ma’murchiligini raqamlashtirish jarayonlari va ularning soliq bazasini kengaytirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarni soliq tizimiga joriy etish orqali soliqlarni yig‘ish samaradorligini oshirish, “soya iqtisodiyoti”ni qisqartirish hamda fiskal shaffoflikni ta’minlash imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasi xalqaro amaliyot bilan solishtirilib, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, soliq ma’murchiligini raqamlashtirish davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash va soliq bazasini kengaytirishda strategik omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Keywords: soliq ma’murchiligi, raqamlashtirish, soliq bazasi, fiskal siyosat, elektron tizim, soliq tushumlari, shaffoflik, sun’iy intellekt, blokcheyn, “soya iqtisodiyoti”.