20.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9
Abstract. Mazkur maqolada antibiotiklarga rezistentlikning shakllanish mexanizmlari, uning global sog‘liqni saqlash tizimiga ko‘rsatadigan xavfli ta’siri hamda yangi antibakterial terapiya yo‘nalishlarini ishlab chiqish zarurati tahlil qilingan. Antibiotiklarning noto‘g‘ri va nazoratsiz qo‘llanilishi natijasida patogen mikroorganizmlarda genetik o‘zgarishlar sodir bo‘lib, multidori rezistent shtammlar paydo bo‘lmoqda. Bu holat infeksion kasalliklarni davolashni qiyinlashtirib, o‘lim ko‘rsatkichining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois zamonaviy biotexnologiyalar, fagogterapiya, antimikrob peptidlar va sun’iy intellekt asosida yaratilayotgan yangi terapiya yo‘nalishlari global sog‘liqni saqlash tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.
Keywords: antibiotiklar, rezistentlik, global sog‘liqni saqlash, antibakterial terapiya, fagogterapiya, antimikrob peptidlar.