17.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9
Abstract. Ushbu maqolada muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalar va 3D-modellashtirishdan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Mahalliy tadqiqotchilar ishlari asosida fazoviy tafakkurni rivojlantirish, mustaqil fikrlash va kasbiy raqobatbardoshlikni oshirish omillari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy dasturlardan foydalanishda pedagoglarning malakasini oshirish va texnik infratuzilmani takomillashtirish zarurligi asoslab berilgan.
Keywords: muhandislik grafikasi, raqamli texnologiyalar, 3D-modellashtirish, fazoviy tafakkur, AutoCAD, ta’lim samaradorligi.