17.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9
Abstract. Ushbu maqolada siz, musiqa madaniyati inson hayotida shakllanish jarayonlari va o‘rganish bosqichlari bilan nazariy taraflama tanishasiz. Qadriyatlarimiz asosiga qurilayotgan zamonaviy ta’lim dasturlar uchun musiqa madaniyatining ahamiyati to‘g‘risida fikr va mulohazalar olib boriladi. O‘sib ulg‘ayayotgan yoshlarimizda ta’lim-tarbiya, musiqiy did, estetik qarashlar, ruhiy barkamollikni to‘g‘ri tarbiyalash va rivojlantirish, bundan unumli foydalanish to‘g‘risidagi fikrlarim bilan tanishasiz. Musiqiy muhitning inson ruhiyati, tafakkur olamidagi o‘rni xaqida turli fikrlarni birgalikda taxlil qilamiz. Mehnat faoliyatim davomida yuzaga kelgan fikr, mulohazalarim, musiqiy madaniyatning turli tadqiqot na’munalari bilan bo‘lishib o‘taman.
Keywords: Onalik-bolalik, alla, musiqiy muhit, sevimli mashg‘ulot, musiqiy madaniyat, ruhiy barkamollik,Vatan tuyg‘usi va Milliy g‘oya.