15.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9
Abstract. Maqolada tijorat banklari faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni joriy etishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari har tomonlama tahlil qilingan. Hozirgi globallashuv sharoitida bank-moliya tizimida raqobatning kuchayishi, mijozlar ehtiyojlarining o‘zgarishi va xalqaro moliyaviy standartlarning joriy qilinishi natijasida raqamli transformatsiya jarayonlari banklar uchun strategik ustuvor vazifaga aylangan. Xususan, elektron to‘lov tizimlari, mobil banking, blokcheyn, sun’iy intellekt va biometrik autentifikatsiya kabi texnologiyalar bank xizmatlarini samaradorligini oshirish, moliyaviy operatsiyalarni xavfsiz amalga oshirish hamda mijozlarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishda muhim vosita sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Keywords: Tijorat banklari, zamonaviy texnologiyalar, raqamli transformatsiya, elektron to‘lov tizimlari, mobil banking, internet banking, blokcheyn, sun’iy intellekt, biometrik autentifikatsiya, moliyaviy xavfsizlik, innovatsion bank xizmatlari, raqobatbardoshlik, moliyaviy inklyuziya.