TIJORAT BANKLARIDA AKTIVLARNING QADRSIZLANISHI VA UNING HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

13.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9

Abstract. Mazkur maqolada tijorat banklarida aktivlarning qadrsizlanishi tushunchasi, uning iqtisodiy mohiyati va bank faoliyatidagi ahamiyati yoritilgan. Aktivlarning qadrsizlanishi kredit portfeli, investitsiyalar, asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlar qiymatiga ta’sir etuvchi muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida xalqaro moliyaviy hisobot standartlari, xususan, IAS 36 va IFRS 9 talablarining milliy buxgalteriya amaliyotidagi qo‘llanishi tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston tijorat banklari faoliyatida mavjud muammolar – aktivlar qiymatini baholashdagi cheklovlar, kutilayotgan kredit yo‘qotishlarini hisoblashdagi kamchiliklar hamda shaffoflik darajasining pastligi ko‘rsatib berilgan. Muallif tomonidan aktivlarning qadrsizlanishi hisobini takomillashtirish bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqilgan: xalqaro standartlarga to‘liq o‘tish, zamonaviy statistik va matematik modellarni joriy etish, sun’iy intellekt asosidagi risk tahlili tizimlaridan foydalanish, moliyaviy hisobotlarda ma’lumotlarni kengroq ochib berish hamda bank xodimlarining malakasini oshirish. Tadqiqot natijalari banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, investorlar ishonchini mustahkamlash va xalqaro moliya bozorlariga integratsiyani jadallashtirishga xizmat qiladi.

Keywords: Tijorat banklari, aktivlarning qadrsizlanishi, buxgalteriya hisobi, IAS 36, IFRS 9, kredit portfeli, kutilayotgan yo‘qotishlar, moliyaviy hisobotlar, bank risklari, qaytarib olinadigan qiymat, xalqaro standartlar, moliyaviy barqarorlik, shaffoflik, risk-menejment.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor