13.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9
Abstract. Mazkur maqolada loyihalarni boshqarishda “Halol” standartini joriy etishning nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari tahlil etilgan. “Halol” konsepsiyasining tamoyillari – shaffoflik, adolat, ijtimoiy mas’uliyat hamda ekologik barqarorlik – zamonaviy loyiha boshqaruvi tizimiga qanday tatbiq etilishi mumkinligi ochib berilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba va milliy sharoitlar qiyosiy tahlil qilinib, ushbu standartni joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida huquqiy asoslarni kuchaytirish, sertifikatlash mexanizmlarini takomillashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarurligi ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Halol” standartining joriy etilishi loyihalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish, xorijiy va mahalliy investorlar ishonchini mustahkamlash, shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim strategik omil hisoblanadi.
Keywords: Loyiha boshqaruvi, “Halol” standarti, shaffoflik, adolat, ijtimoiy mas’uliyat, ekologik barqarorlik, sertifikatlash, xalqaro hamkorlik, barqaror rivojlanish, investitsiya muhitini yaxshilash.