13.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9
Abstract. Ushbu maqola kremniyga ultrabinafsha (UV) nurlar taʼsirining elektrofizik xossalarga qanday oʻzgarishlar olib kelishini oʻrganadi. Unda kremniyning shakliga, nurlanish intensivligi va toʻlqin uzunligiga qarab UV nurlari turlicha taʼsir koʻrsatishi taʼkidlangan. Maqolada asosiy taʼsirlar, jumladan, fotoionizatsiya va fotoelektron emissiya hodisalari batafsil tushuntirilgan. Bundan tashqari, maqolada yuqori intensivlikdagi UV nurlarining kremniyning kristall panjarasidagi bogʻlanishlarni buzishi va optik singdirish (absorbtsiya)ni kuchaytirishi, bu esa elektron-kovak juftliklari hosil boʻlishiga olib kelishi ham koʻrsatilgan. Maqolaning ikkinchi qismida esa laboratoriya tajribasi tahlil qilinadi. Unda kremniy namunasiga UV nurlari tushirilishi natijasida namuna tarkibidagi kislorod va uglerod miqdorlarining oʻzgarishi oʻrganilgan. Grafiklar asosida kislorod konsentratsiyasining notekis, tebranuvchi tarzda oʻzgarishi koʻrsatilgan. Bu holat oksidlanish bilan bir qatorda yuzadan kislorodning ajralib chiqishi (desorpsiya) kabi murakkab jarayonlar bilan izohlanadi.
Keywords: Kremniy, ultrabinafsha (UV) nurlar, fotoionizatsiya, fotoelektron emissiya, elektr oʻtkazuvchanlik, lazer yordamida ishlov berish, oksidlanish, energetik kenglik (Bandgap)