05.09.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 9
Abstract. Ushbu maqolada xalqaro loyihalar jarayonida uchraydigan til to‘siqlari va ularni bartaraf etishda ingliz tilining tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Xalqaro hamkorlikda samarali muloqot tashkil etish jarayoni mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi, xorijiy investitsiyalarni jalb etishi va global hamkorlikni kengaytirish uchun muhim omil sanaladi. Xususan, BMT, Jahon banki, Yevropa Ittifoqi va Osiyo Taraqqiyot Banki kabi yirik tashkilotlar loyihalarida ingliz tilidan foydalanish xalqaro muloqotning asosiy vositasiga aylangan. Maqolada ingliz tilini o‘qitish orqali til to‘siqlarini kamaytirish, mutaxassislarning kommunikativ kompetensiyasini oshirish hamda madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari yoritiladi.
Keywords: xalqaro loyihalar, til to‘siqlari, ingliz tili, muloqot samaradorligi, madaniyatlararo kommunikatsiya, xalqaro tashkilotlar.