INSON RESURSLARINI SHAKLLANTIRISHDA BOSHQARISHNING TUTGAN OʻRNI VA STRATEGIYASI

30.08.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 8

Abstract. Ushbu maqolada inson resurslarini shakllantirish jarayonida boshqaruvning oʻrni va samarali strategiyalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Zamonaviy mehnat bozorida inson kapitali ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omillaridan biri sifatida namoyon boʻlmoqda. Shu munosabat bilan kadrlar salohiyatini rivojlantirish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, samarali motivatsiya tizimini joriy etish hamda innovatsion boshqaruv mexanizmlaridan foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Maqolada inson resurslarini boshqarishning pedagogik va tashkiliy jihatlari yoritilib, strategik yondashuv asosida ularni milliy taraqqiyot dasturlari bilan uygʻunlashtirishning dolzarbligi asoslab berilgan.

Keywords: inson resurslari, boshqaruv strategiyasi, inson kapitali, kadrlar salohiyati, motivatsiya, qayta tayyorlash, malaka oshirish, innovatsion boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor