04.08.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 8
Abstract. Ushbu ilmiy maqolada tijorat banklari faoliyatida moliyaviy barqarorlik va iqtisodiy samaradorlikni aniqlovchi muhim ko‘rsatkichlar – foyda miqdori hamda rentabellik darajasi chuqur tahlil qilinadi. Ayniqsa, “Asakabank” ATB misolida 2020–2024-yillar davomida bankning sof foydasi, umumiy aktivlari, o‘z kapitali hamda rentabellik indikatorlari (ROA – aktivlar rentabelligi va ROE – o‘z kapital rentabelligi) asosida kompleks tahlil amalga oshirilgan. Tahlil natijalari “Asakabank” faoliyatida foyda ko‘rsatkichlarining izchil o‘sayotganini, bu esa moliyaviy boshqaruv samaradorligining ortib borayotganini ko‘rsatmoqda. Maqolada bank rentabelligini oshirishga doir takomillashtirish yo‘nalishlari sifatida: kredit portfelining diversifikatsiyasi, raqamli bank xizmatlaridan foydalangan holda xizmat turlarini kengaytirish, operatsion xarajatlarni optimallashtirish hamda risklarni boshqarish tizimini mustahkamlash kabi amaliy choralar ilgari suriladi. Shuningdek, tijorat banklari moliyaviy tahlilining zamonaviy usullari va rentabellikni baholashda qo‘llaniladigan iqtisodiy indikatorlarning amaliy ahamiyati yoritiladi.
Keywords: tijorat banki, bank foydasi, moliyaviy tahlil, rentabellik ko‘rsatkichlari, sof foyda, aktivlar rentabelligi (ROA), o‘z kapital rentabelligi (ROE), “Asakabank” ATB, bank kapitali, bank aktivlari, foiz daromadlari, operatsion samaradorlik, kredit portfeli, bank menejmenti, moliyaviy barqarorlik, risklarni boshqarish, bank ko‘rsatkichlari, bank tizimi, raqamli bank xizmatlari.