02.08.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 8
Abstract. Maqolada o‘zbek adabiy tilining rivojlanishi bilan bog‘liq dolzarb muammolar va ularni hal etish yo‘llari tahlil qilinadi. Adabiy tilning hozirgi bosqichda duch kelayotgan asosiy muammolari — so‘z boyligining yetarli darajada boyitilmasligi, lahjalar ta’sirining kuchayishi, globalizatsiya sharoitida rus va ingliz tilidan kirib kelayotgan so‘zlarning nazoratsiz qo‘llanishi, shuningdek, zamonaviy kommunikatsiya vositalarida adabiy me’yorlarga rioya qilinmaslik holatlari muhokama qilinadi.
Keywords: adabiy til, til madaniyati, me’yorlashtirish, terminologiya, globalizatsiya, lahjalar, o‘zbek tili, rivojlanish strategiyasi.