YASHIL MAKON MILLIY LOYIHASINI MOLIYALASHTIRISH SAMARADORLIGINI TA'MINLASH MASALALARI

30.07.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 7

Abstract. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” milliy loyihasining moliyalashtirish tizimi chuqur tahlil qilinadi. Mazkur loyiha mamlakat ekologik muhitini yaxshilash, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish hamda aholining yashash sifati va sog‘lom turmush tarzini ta'minlashda muhim strategik ahamiyat kasb etadi. Loyihani izchil amalga oshirish va uning uzoq muddatli barqarorligini ta'minlash bevosita samarali moliyaviy mexanizmlarning mavjudligi va ularning to‘g‘ri ishlashiga bog‘liqdir. Maqolada loyiha doirasida jalb qilinayotgan moliyaviy manbalar — davlat byudjeti mablag‘lari, mahalliy hokimliklar resurslari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar homiylik yordamlari, xalqaro grantlar va kreditlar, shuningdek, fuqarolik jamiyati ishtirokining amaldagi salmog‘i tahlil qilinadi. Moliyalashtirish samaradorligini oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar — resurslarning yetishmasligi, moliyaviy oqimlarning nomutanosib taqsimlanishi, monitoring va hisobot tizimidagi kamchiliklar, budjetga yuklama kabi jihatlar yoritiladi.

Keywords: Yashil makon, ekologik loyiha, moliyalashtirish samaradorligi, davlat byudjeti, davlat-xususiy sheriklik, ekologik obligatsiyalar, yashil moliya, barqaror rivojlanish, xalqaro moliyaviy institutlar, innovatsion moliyaviy mexanizmlar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor