26.07.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 7
Abstract. Mazkur maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Bizni kemiruvchi illatlar” asaridagi tanqidiy ruh, islohotparvarlik g‘oyalari hamda ma’rifat targ‘iboti badiiy va ijtimoiy tahlil asosida yoritiladi. Muallif tomonidan ilgari surilgan illatlar – jaholat, e’tiqodsizlik, tarbiya va ta’limdagi zaiflik, xalqning ijti theoiy sustligi chuqur tahlil qilinib, ular bugungi kun bilan qiyosiy asosda tahlil etiladi. Behbudiyning tanqidi o‘tkir, xalqning ruhiy uyg‘onishiga xizmat qiluvchi vosita sifatida ko‘rsatiladi. Asardagi badiiy ifoda, stilistik vositalar va publitsistik ohang maqolada tahlil markazida turadi. Maqola adabiy-tarixiy yondashuv asosida yozilgan bo‘lib, jadid adabiy merosini chuqur o‘rganishga xizmat qiladi.
Keywords: Mahmudxo‘ja Behbudiy, “Bizni kemiruvchi illatlar”, jadid adabiyoti, ijtimoiy tanqid, islohotparvarlik, publitsistika, ma’rifat, badiiy tahlil, jamiyat, tanqidiy fikr, milliy uyg‘onish.