24.07.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 7
Abstract. Ushbu maqolada bank kapitalining mazmun-mohiyati, uning tarkibiy tuzilishi va boshqaruv tizimining asosiy jihatlari chuqur tahlil qilinadi. Xususan, kapitalning asosiy va qo‘shimcha qismlari, ularning funksional vazifalari hamda zamonaviy bank faoliyatidagi o‘rni yoritib berilgan. Tadqiqot davomida Basel III xalqaro standartlari asosida kapital yetarliligi, xavfga asoslangan yondashuvlar va ichki kapital baholash tizimlari (ICAAP)ning ahamiyati o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekiston tijorat banklarining kapital strukturasidagi muammolar, ularni optimallashtirish yo‘llari va kapitalni jalb qilishning muqobil manbalari tahlil etilgan. Muallif tomonidan bank kapitali boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu maqola milliy bank tizimining barqarorligini oshirish va raqobatbardoshligini ta'minlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Keywords: Bank kapitali, kapital boshqaruvi, kapital tarkibi, asosiy kapital (CET1), qo‘shimcha kapital (Tier 1, Tier 2), kapital yetarliligi, Basel III, iqtisodiy kapital, kapital buferi, riskga asoslangan yondashuv, ICAAP, moliyaviy barqarorlik, tijorat banklari, kapital rejalashtirish, regulyativ talablar.