GANDBOL MASHG‘ULOTLARINING O‘QUVCHILARNING JISMONIY RIVOJLANISHIGA TA’SIRI

12.07.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 7

Abstract. Mazkur ilmiy ishda gandbol sport turi asosida olib borilgan mashg‘ulotlarning o‘quvchi yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida gandbol mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilarning chidamlilik, tezkorlik, kuch, muvozanat va koordinatsiya kabi muhim jismoniy sifatlari rivojlanishi kuzatildi. Shuningdek, muntazam mashg‘ulotlar natijasida ularning umumiy salomatligi, harakat faolligi va jismoniy tayyorgarligi darajasi ortgani aniqlandi. Tadqiqot natijalari gandbolni ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya vositasi sifatida samarali qo‘llash mumkinligini isbotlaydi. Ushbu ish sport mashg‘ulotlarining yosh avlod salomatligini mustahkamlash va ularning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Keywords: Gandbol, jismoniy rivojlanish, o‘quvchilar, sport mashg‘ulotlari, jismoniy tarbiya, tezkorlik, chidamlilik, koordinatsiya, sog‘lom turmush tarzi, harakat faolligi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor