12.07.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 7
Abstract. Ushbu maqolada tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilish bo‘yicha mavjud amaliyotlar, ularning hisobini yuritish hamda auditini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Kassa faoliyati banklarning moliyaviy barqarorligi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini belgilovchi muhim jarayonlardan biridir. Shuningdek, maqolada inkassatsiya xizmatlarining xavfsizligi, hujjatlashtirish tartibi, zamonaviy texnologiyalar asosida avtomatlashtirish, audit tekshiruvlarining samaradorligi va ichki nazorat tizimini kuchaytirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Ilg‘or xorijiy tajribalar va O‘zbekiston amaliyoti asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Keywords: tijorat banki, kassa faoliyati, naqd pul, inkassatsiya, buxgalteriya hisobi, audit, xavfsizlik, ichki nazorat.