30.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Ushbu maqolada makrosomiya holatida fetoplasental kompleksning funksional o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Tug‘ilish vazni atrof-muhit, ijtimoiy va biologik omillarga sezgir ko‘rsatkich bo‘lib, makrosomiya rivojlanishining sabablari va natijalari batafsil o‘rganiladi. Plasentaning homilaning o‘sishiga ta’siri, uteroplasental qon aylanishining roli va platsenta disfunktsiyasi natijalari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari makrosomiya holatlarining kelib chiqish omillari, diagnostikasi va oldini olish yo‘nalishlarini tushunishga yordam beradi.
Keywords: homila makrosomiyasi, intrauterin rivojlanish, fetoplatsental kompleks, katta chaqaloq, qon aylanish intensivligi, platsenta massasi, Villi stromasi.