30.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan milliy uyg'onish harakatining atoqli rahbarlaridan biri Mahmudxo'ja Behbudiy bo'lib, shu davrda o'zbek xalqi ijtimoiy ongining uyg'onishida muhim rol o'ynadi. Yurtimizda birinchilar qatori yangicha ta'lim metodiga asoslangan jadid maktablarini ochdi. Behbudiy Turkistonning kelajagi onalar qo'lida ekanligi, ularning savodli bo'lmog'i lozimligi, yosh avlod onalar qo'lida tarbiya topishi haqidagi fikrlari ham tahsinga loyiq. Ijodkor "Samarqand" gazetasi va "Oyna" jurnalini tashkil etib, milliy jurnalistika rivojiga tamal toshini qo'yganlardan biri bo'ldi. Mahmudxo'ja Behbudiy pedagogik asarlarida ota-onalar mas'uliyati, farzandlar tarbiyasi, burch masalalari Qur'oni Karim va Hadisi Sharif singari muqaddas manbalar ko'rsatmalariga suyangan holda e'tirof etiladi.
Keywords: "Xamsa", "Boburnoma", "usuli savtiya", "Behbudiya", muftiy, "Tahsil oyi", "Samarqand" gazetasi, "Oyna" jurnali, teatr, "Padarkush" dramasi, dorilfunun, dorilmuallim, "Turon" gazetasi, "olimi zamonaviy", maorif, Xorazmiy, Samarqandiy, Farg'oniy, Buxoriy.