28.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Ushbu maqolada Alfa avlodining rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy psixologik, ijtimoiy va texnologik omillar tahlil qilinadi. Alfa avlodi — 2010-yillarning boshidan keyin tug‘ilgan bolalar bo‘lib, ular raqamli texnologiyalar bilan ichki bog‘liqlikni rivojlantirganlar. Maqolada ularning diqqatni jamlashdagi qiyinchiliklari, o‘z-o‘zini boshqarishdagi muammolar va ijtimoiy aloqalardagi zaifliklar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu muammolarni bartaraf etish uchun psixologik yordam, ota-onalar va pedagoglarning roli, shuningdek, raqamli texnologiyalarni maqsadli va sog‘lom foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etiladi.
Keywords: Alfa avlodi, psixologik rivojlanish, diqqatni jamlash, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy aloqalar, psixologik yordam, tavsiyalar.