28.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Ushbu maqolada biofarmatsevtika sohasida yangi avlod dorivor moddalarni yaratishda polimer asosli materiallardan foydalanish asoslari yoritiladi. Polimerlarning farmatsevtik faol moddalar tashuvchisi sifatidagi afzalliklari — ya’ni ularning biokompatibiligi, biodegradatsiyalanuvchanligi, dori moddasining organizmga nazoratli va uzoq muddatli yetkazilishini ta’minlash kabi xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada tabiiy va sintetik polimerlar asosida yaratilgan dorivor tizimlarning sintezi, tarkibi, farmakokinetik xususiyatlari hamda ularning davo samaradorligini oshirishdagi roli muhokama qilinadi. Shuningdek, polimer asosli dori shakllarining hozirgi zamon tibbiyotida qo‘llanilishi, ularni ishlab chiqishdagi dolzarb yo‘nalishlar va muammolar tahlil qilinadi. Xususan, nanostrukturalar, mikrokapsulalar, gidrogellar va plyonkalar ko‘rinishidagi polimer bazasidagi dori tashuvchi tizimlar hamda ularning sintezida qo‘llaniladigan kimyoviy va biologik usullar ko‘rib chiqiladi.
Keywords: Biofarmatsevtika, polimer dorivor tizimlar, nazoratli dorilar, biokompatibli polimerlar, biodegradatsiyalanuvchi, sintetik polimerlar, tabiiy polimerlar, mikrokapsulalar, innovatsion dori shakllari, farmakokinetika, polimer sintezi, antitana, rekombinant oqsillar, immunogenlik, farmakogenomika, ekologik, sintetik polimerlar,xitosan, alginat, jelatin, harorat, ph qiymat, ichak, DNK, RNK, transdermal,ibuprofen, saraton, nazoratli eruvchanlik, kraxmal.