28.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5
Abstract. Mazkur maqolada mahsulot sifati va xavfsizligi tushunchalari, ularning nazariy asoslari hamda amaliy ko‘rsatkichlari har tomonlama tahlil qilinadi. Sifat va xavfsizlik bugungi kundagi iste’molchi talablariga javob beruvchi mahsulot yaratishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada xalqaro va milliy standartlar, ISO tizimi, texnik reglamentlar hamda mahsulotni baholash mezonlari asosida sifat va xavfsizlikning o‘zaro bog‘liqligi yoritiladi. Shuningdek, mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlashda ishlab chiqaruvchining mas’uliyati, davlat nazorati, sertifikatlashtirish va iste’molchi huquqlari muhim o‘rin tutishi asoslanadi. Tadqiqotda O‘zbekiston sharoitida mavjud qonunchilik va amaliy tajriba misolida tahlillar keltirilib, zamonaviy yondashuvlar muhokama qilinadi.
Keywords: Mahsulot sifati, mahsulot xavfsizligi, sifat ko‘rsatkichlari, texnik reglament, ISO standarti, sertifikatlashtirish, iste’molchi huquqlari, ekologik xavfsizlik, ishlab chiqarish nazorati.