UZ CLAAS AGRO MCHJ AYLANMA MABLAG‘LARNI SAMARALI BOSHQARISH YO‘LLARI

28.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5

Abstract. Ushbu maqolada “Uz CLAAS Agro” MChJ faoliyati misolida aylanma mablag‘larni boshqarish jarayoni tahlil qilinadi va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqiladi. Aylanma mablag‘lar korxonaning qisqa muddatli moliyaviy holatini belgilovchi muhim resurs bo‘lib, ularni oqilona boshqarish ishlab chiqarish barqarorligi, likvidlik va foyda ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada korxonaning 2022–2024 yillardagi moliyaviy ko‘rsatkichlari asosida tahlil o‘tkazilib, debitor qarzdorlikni, ombor zaxiralarini optimallashtirish hamda raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish orqali aylanma mablag‘lar aylanishini tezlashtirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari asosida korxonaga moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan konkret takliflar berilgan.

Keywords: aylanma mablag‘lar, likvidlik, debitor qarzlar, tahlil, boshqaruv samaradorligi, Uz CLAAS Agro MChJ.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor