SURUNKALI STRESSDAN KEYIN GEPOKAMPTDAGI O’ZGARISHLAR

26.05.2025 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 4 Issue 5

Abstract. Ushbu maqolada surunkali stressning inson miyasi, xususan, gepokamp strukturasi va funksiyasiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Gepokamp — xotira, o‘rganish va emotsional regulyatsiyada muhim rol o‘ynovchi miya strukturasi bo‘lib, stressga sezgir zonalardan biridir. Maqolada avvalo gepokampning morfologiyasi va vazifalari, so‘ngra stress tushunchasi hamda organizmga ta’siri yoritilgan. Asosiy e’tibor surunkali stress holatlarida glukokortikoidlar va boshqa neyromediatorlarning gepokampga ko‘rsatadigan zararli ta’sirlariga qaratiladi. Surunkali stress natijasida neyrogenezning susayishi, nevronlar sonining kamayishi, sinaptik aloqalarning buzilishi va gepokamp atrofiyasi kabi o‘zgarishlar yuzaga keladi. Ushbu o‘zgarishlar kognitiv faoliyatning pasayishi, xotira buzilishlari, depressiya va tashvish holatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, maqolada stress oqibatlarini kamaytirish va gepokamp funksiyalarini tiklash bo‘yicha farmakologik. Tadqiqotlar natijasida kelgusida ushbu sohada chuqurroq izlanishlar olib borish zaruriyati asoslab berilgan.

Keywords: Gepokamp.Surunkali stress. Neyrogenez. Glukokortikoidlar. Kortizol. Neyroplastiklik. Kognitiv buzilishlar. Xotira pasayishi. Miya atrofiyasi. Psixologik stress. Antidepressantlar. Neyromediatorlar. Sinaptik plastiklik. Stressga qarshi kurash. Emotsional regulyatsiya


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor